Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak majlisi to‘g‘risida

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak majlisi to‘g‘risida

2020 yilning 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokonferensaloqa shaklida Hamdo‘stlik ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligidagi majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH ijroiya qo‘mitasi raisi – ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.

Tadbir chog‘ida xalqaro kun tartibining va Hamdo‘stlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019 yilga mo‘ljallangan ko‘p darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining amalga oshirilishini va 2020 yil uchun rejani, shuningdek koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda qarshi kurashish yo‘llarini muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring