Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur «Valday» klubi endi Samarqandda

Mashhur «Valday» klubi endi Samarqandda

Samarqand shahrida 10-11-noyabr kunlari “Valday” Xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Joriy yil o‘ninchi bor o‘tkaziladigan mazkur konferensiya o‘tgan davr mobaynida mintaqaviy muammolar va umumiy global tahdidlar bo‘yicha ekspertlar muloqotini tashkil etish maydonga aylandi.

Bu galgi konferensiyaning mavzusi – “Markaziy Osiyo va Yevroosiyo: global tartibsizliklarning oldini olish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik”. Klubning yubiley tadbirini o‘tkazish uchun Markaziy Osiyodagi yetakchi davlatlaridan biri O‘zbekiston tanlandi.

“Valday” munozara klubi 2004-yilda tuzilgan. Tuzilma taniqli xalqaro ekspertlarning rossiyalik olimlar, siyosatchilar va davlat arboblari bilan uchrashuvlari uchun qulay platforma sifatida qayd etiladi. Klubning bugungi kundagi faoliyati, asosan, global siyosiy va iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etishga yo‘naltirilgan. Tashkil etilgan kundan boshlab klub ishida 74 mamlakatdan mingdan ziyod ekspert qatnashdi.

“Valday”ning Samarqand shahrida o‘tadigan konferensiyasida 11 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Hindiston, Tojikiston, Germaniya, Filippin, Yaponiya, Shvetsiyadan 70 dan ortiq ekspert ishtirok etishi kutilmoqda.

Konferensiyada O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama muloqotlar kelajagi alohida sho‘ba majlislarida muhokama qilinadi. Unda o‘zaro aloqalarning joriy holati, ikki davlat hamkorligining yangi shakl va yo‘nalishlarini topish masalalariga alohida e’tibor beriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring