Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Majlis bir soatdan oshmasligi kerak. Majlis o‘tkazmasa «kasal» bo‘ladiganlar o‘z uyida yig‘ilish qilsin — Prezident

Majlis bir soatdan oshmasligi kerak. Majlis o‘tkazmasa «kasal» bo‘ladiganlar o‘z uyida yig‘ilish qilsin — Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo‘yicha selektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Yig‘ilish davomida davlat rahbari majlislarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri ma’lum qildi.

— Mahalla, xotin-qizlar qo‘mitasi, bankirlar, soliqchilar va jamoat tashkilotlarini majlisga chaqirishga hech kimning haqqi yo‘q. Majlisvozlikni yig‘ishtirish kerak.

Bir-ikkita «katta-katta» odamlar majlis qilishga «kasal» bo‘lgan. Soatlab yig‘ilish o‘tkazmasa tura olmaydi. Mana shunday majlislarni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatma berdim.

Bundan buyog‘iga «kecha-kunduz» majlis qilgan odam ishdan ketadi. Shu masalada kerakli topshiriq berildi. Majlis qilishga «kasallar» bo‘lsa, uyiga borib, 3-4 soatlab majlis qilsin. Shu vaqtgacha yetarlicha majlis qildik, endi kerak emas.

O‘zbekiston sharoitida bir soatdan ortiq yig‘ilish o‘tkazish mumkin emas, — dedi Prezident.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring