Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreya Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan fotoreportaj

Koreya Respublikasi prezidentini rasmiy kutib olish marosimidan fotoreportaj

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

19-aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston va Janubiy Koreya rasmiy delegatsiyasi a’zolari, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillari ham hozir bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring