Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV rahbariyati Interpol sessiyasida qatnashdi

IIV rahbariyati Interpol sessiyasida qatnashdi

Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 15-18-oktyabr kunlari Interpol bosh assambleyasining sessiyasida ishtirok etib qaytgan.

Interpol Ustaviga muvofiq har yili bir marotaba o‘tkaziladigan tashkilotning eng nufuzli tadbirini Chili prezidenti Sebastyan Pinera ochib bergan.

Ishtirokchilar uch kun davomida bo‘lib o‘tgan sessiyada uyushgan transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, narkotik moddalarning noqonuniy savdosi, kiberjinoyatchilik va boshqa xavfli turdagi jinoyatchilikka qarshi kurash, tezkor-qidiruv faoliyatini hamkorlikda tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolarni muhokama qilishgan.

Shuningdek, sessiya ishida Interpol Bosh kotibligiga va Ijroiya qo‘mitasi tarkibiga saylovlar o‘tkazish, 2020-2025-yillarda Interpol bosh assambleyasining sessiyalari bo‘lib o‘tadigan davlatlarni aniqlab olish, tashkilotning 2021-yilga mo‘ljallangan budjetini tasdiqlash, a’zo mamlakatlarda xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok bo‘lgan politsiya xodimlarining oila a’zolarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash fondini tashkil etish hamda Interpol nizomiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish kabi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqilib, har bir masala yuzasidan yakuniy to‘xtamga kelingan.

Mazkur tadbir doirasida vazirlik delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan bir qator uchrashuvlar ham o‘tkazgan. Jumladan, Turkiya va Afg‘oniston Ichki ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari, Interpol bosh kotibi Yurgen Shtok, Rossiya, AQSh, Ozarbayjon va Janubiy Koreya Interpol milliy markaziy byurolari bilan hamkorlik masalalari muhokama etilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring