Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hukumat tarkibidagi yangi tayinlovlar ma’lum qilindi

Hukumat tarkibidagi yangi tayinlovlar ma’lum qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabarida ma’lum qilindi.

Ushbu hujjat bilan Bosh vazirga yangi vazifalar yuklatildi, uning o‘rinbosarlari o‘rtasida ham vazifalar qayta taqsimlandi.

Ijtimoiy sohaning ahamiyati ortib borayotgani bois Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi joriy etildi. Bu lavozimga shu kungacha Davlat soliq qo‘mitasi raisi vazifasida ishlab kelgan Bekzod Musayev tayinlandi.

Davlat soliq qo‘mitasi rahbarligiga Prezidentning davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Qudbiyev tayinlangani ma’lum qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring