Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi hokimlarning ishi tadbirkorlarga munosabati orqali baholanadi

Endi hokimlarning ishi tadbirkorlarga munosabati orqali baholanadi

Har bir viloyat, tuman va shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari faoliyati yangi tizim bo‘yicha baholanadi. Ularga yangi tashkil etilgan yoki faoliyati qayta tiklangan kichik korxonalar va ularda yaratilgan ish o‘rinlari sonidan kelib chiqqan holda baho beriladi.

23-iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik biznes va tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda shu haqda gapirgan.

Yig‘ilishda davlat rahbari viloyat, tuman, shahar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari mutlaqo yangicha ishlab, 70 foiz vaqtini hududda tadbirkorlikni rivojlantirishga sarflashi kerakligini aytgan.

– Baho berishda korxonalarning yashovchanlik ko‘rsatkichi asosiy mezonlardan biri bo‘lishi kerak. Ya’ni, tashkil etilayotgan korxonalarning kamida 50 foizi keyingi 3 yil davomida ishlasa, hokim va uning tadbirkorlik bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari rahbarlari qo‘shimcha moddiy rag‘batlantiriladi, — degan prezident.

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu yangi tizimni joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring