Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hokim, nihoyat, deputat so‘roviga javob yo‘lladi

Hokim, nihoyat, deputat so‘roviga javob yo‘lladi

Foto: «Adolat» SDP Matbuot xizmati

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati U.Samatovning Shayxontohur tumanidagi «Kattahovuz», «Suzuk ota», «Eshonguzar», «Yangi Kamolon», «Kamolon» mahallalaridagi o‘rganishlari yuzasidan bir qator muammolar yuzaga chiqqani ma’lum bo‘lgandi. Shu asosda, deputatning Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayevga Shayxontohur tumanida yashovchi fuqarolarga qulayliklar yaratish hamda mahalla fuqarolari yig‘inlari xodimlarini zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlash borasida shahar hokimligi tomonidan rejalashtirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berishlari to‘g‘risida yuborilgan so‘rovi javobsiz qolayotgani xabar berilgan edi.

«Adolat» SDP Toshkent shahar kengashi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur deputatlik so‘roviga Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevdan javob xati kelgan. Unda «Yangi Kamolon» va «Kamolon» MFYlarida mahalla markazi, savdo va maishiy shaxobchalar tashkil etilishi, «Suzuk ota» mahallasining qolgan ichki yo‘llarini asfaltlash ishlari 2019-yilning oxirigacha amalga oshirilishi rejalashtirilganligi ko‘rsatilgan. Hududdagi «Kattabog‘» mahallasida maktabgacha ta’lim muassassasi ochish lozimligi borasidagi murojaatga, hozirda Toshkent shahri bo‘yicha ehtiyoj bor tumanlarda davlat yoki davlat-xususiy sherikchilik asosida MTMlarini tashkil etish yuzasidan ishlar amalga oshirilayotgani to‘g‘risida axborot berilgan.

Shuningdek, «Kattabog‘» mahallasidagi Kattabog‘, Atirgul va Samarqand Darvoza ko‘chalariga oqava suv tarmog‘ini qurib, shahar oqava suv tarmog‘iga ulash ishlarini Toshkent shahar bosh rejasi tasdiqlangandan so‘ng amalga oshirilishi maqsadga muvofiq ekanligi bildirilgan. Ushbu reja konsepsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining topshirig‘iga asosan, joriy yilning 20 may kuniga qadar ishlab chiqilishi belgilangan.

Shu bilan birga, deputatlik so‘rovida keltirilgan kamchiliklarni bartaraf etish Toshkent shahar hokimligi nazoratida ekanligi ta’kidlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring