Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Gulistonda O‘zbekiston - Qozog‘iston demarkatsiya komissiyasi majlisi bo‘ldi

Gulistonda O‘zbekiston - Qozog‘iston demarkatsiya komissiyasi majlisi bo‘ldi

Foto: Uza.uz

2019 yilning 9-13 sentyabr kunlari O‘zbekistonning Guliston shahrida O‘zbekiston - Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabarida ma’lum qilingan.

Muloqot chog‘ida davlatlararo chegara demarkatsiyasi bo‘yicha yakuniy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirilgan. Uchrashuv davomida davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida dala tekshiruv ishlari o‘tkazildi.

Muzokaralar an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik muhitida o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring