Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Grin kard» sanasi e’lon qilindi. Yangi talablar bilan

«Grin kard» sanasi e’lon qilindi. Yangi talablar bilan

Amerikadagi o‘zbeklar, 2015 yil

2021-yil uchun «Grin kard» lotereya dasturi 2019-yil 2-oktyabr kuni boshlanib, 5-noyabr kuni tugaydi. Bu haqda AQSh davlat departamenti saytida xabarnoma chiqdi.

Ushbu dastur o‘zbekistonlik uchun begona emas, har yili minglab o‘zbeklar bu lotereyada qatnashadilar. Bu galgi «Grin kard» dasturiga yangi talablar kiritilgani ariza beruvchilar soni keskin kamayishiga olib kelishi mumkin.

Xususan, endi talabgorlar o‘rta maktabni bitirgan bo‘lishi yoki so‘nggi 5 yilda kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi shart etib belgilangan.

Tasodifiy kompyuter dasturi 2020-yil 1-oktyabrdan 2021-yil 30-sentyabrga qadar lotereya g‘oliblarini aniqlaydi.

Quyidagi davlatlar bu yilgi registratsiyada qatnasha olmaydi:

Bangladesh, Braziliya, Kanada, Xitoy, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Salvador, Gvatemala, Haiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Nigeriya, Pokiston, Filippin, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va unga tegishli hududlar (Shimoliy Irlandiyadan tashqari) hamda Vetnam.

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z chiqishlarida ushbu dastur qoidalarini o‘zgartirishi, talablar kuchaytirilishi haqida bir necha bor aytgandi. Hatto «Grin-kard»ni to‘xtatib qo‘yishni ham ta’kidlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring