Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosh vazir Sirdaryoda tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi

Bosh vazir Sirdaryoda tadbirkorlar va investorlar bilan uchrashdi

Bosh vazir Abdulla Aripov bugun, 11-oktyabr kuni amaliy tashrif bilan Sirdaryo viloyatiga borgan. Bu haqda Xabar.uz sayti manbasi xabar bermoqda.

Tashrif avvalida Xovos tumanida bir guruh sirdaryolik tadbirkorlar va xorijiy investorlar bilan uchrashgan.

Uchrashuvda bosh vazir tijorat banklaridan kredit mablag‘larini olish, elektr energiya ta’minoti, mahsulotlar eksporti va importida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar bo‘yicha murojaatlarni tinglagan. Tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal etilgan.

Qolgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlariga topshiriqlar berilgan. Tadbirkorlarga masala yechimi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 19-fevralda Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurgan va vohani yanada rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi. Hukumat rahbari viloyatga tashrifi davomida mazkur topshiriqlarning ijrosi bilan ham tanishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring