Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh Rossiyaning Markaziy Osiyoga ta’sirini kamaytirish uchun pul ajratmoqchi

AQSh Rossiyaning Markaziy Osiyoga ta’sirini kamaytirish  uchun pul ajratmoqchi

AQSh Davlat departamenti va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) mamlakat prezidentining 2021 moliya yiliga mo‘ljallangan budjeti uchun 41 milliard dollarga teng mablag‘ni talab qildi. Bu haqda davlat departamenti saytida xabar  berildi.

Bu ikkala agentlikka AQSh fuqarolarini himoya qilish, AQSh farovonligini oshirish va demokratik jamiyatlarni rivojlantirish uchun imkoniyat yaratadi.

«Rivojlanayotgan davlatlarning raqobati kuchaygani sayin, AQSh Hind-Tinch okeani strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda. Mamlakat Xitoy, Rossiya va Eron hukumatlari ta’siriga qarshi turish; inson huquqlari va diniy erkinliklarni himoya qilish; AQSh chegaralari xavfsizligi va Amerika ittifoqchilariga kuchliroq bo‘lishga yordam berish uchun ajratiladigan mablag‘ muhim»- deya ta’kidlanadi xabarda.

Dasturga ko‘ra, Rossiyaning ta’siri eng zararli deb topilmoqda. Shuning uchun uning ta’siri va dezinformatsiyasiga qarshi kurashish uchun 763,8 million dollarlik mablag‘ ajratiladi. Shu ajratilgan mablag‘ning 24 million dollari Yevropa, Yevrosiyo va Markaziy Osiyoda dezinformatsiya va tashviqotga qarshi kurash uchun ajratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring