Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh O‘zbekistonni YeOIIga a’zo bo‘lmaslikka chaqirdi

AQSh O‘zbekistonni YeOIIga a’zo bo‘lmaslikka chaqirdi

Foto: Google.com

AQSh savdo vaziri Uilbur Ross O‘zbekiston YevroOsiyo Iqtisodiy Ittifoqiga a’zo bo‘lgan taqdirda yuzaga keladigan muammolardan ogohlantirdi.

Vashingtonda 25 oktyabr kuni O‘zbek-Amerika forumi bo‘lib o‘tdi va unda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross chiqish qilib, O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lgan taqdirda Butunjahon savdo tashkilotiga kirish qiyinlashishi va ortga surilishi mumkinligini aytib o‘tdi.

— Biz o‘zbek hamkorlarimizni yangi shartnomalar Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga ta’sir o‘tkazishi mumkinligini ko‘rib chiqishga chaqiramiz. Masalan, O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lgan taqdirda mamlakat rahbariyati tomonidan Butunjahon savdo tashkilotiga kirish uchun qo‘yilgan muddat cho‘zilishi mumkin, — deydi janob Ross.

Shu bilan birga AQSh savdo vaziri O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti masalasida olib borilayotgan islohotlar uchun Butunjahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish muhim ahamiyat kasb etishini va bu borada AQSh O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Uilber Rossning ta’kidlashicha, AQSh O‘zbekistonning rivojlanishi yo‘lida strategik hamkor bo‘lishga intilmoqda va savdo vazirligi o‘zbekistonlik tadbirkorlar Amerikaning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilishida vositachilik vazifasini bajaradi. Vashingtonda bo‘lib o‘tgan forum doirasida o‘zbek tekstil mahsulotlarini AQSh bozoriga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring