AQSh kadetlari o‘zbekistonlik harbiylar bilan tajriba almashmoqda (foto)
AQSh Qurolli Kuchlari rezervdagi ofitserlarni tayyorlash korpusining bir guruh kursantlari O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida bo‘lib, bo‘lg‘usi ofitserlar bilan o‘zaro tajriba almashmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmonlar Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda Chirchiq oliy tank qo‘mondon-muhandislik bilim yurtida ham bo‘lishdi.
Ameriklik mehmonlarga harbiy institut kursantlari bilan birgalikda o‘zbek milliy taomi — palovni pishirishlari uchun imkoniyat yaratib berildi.
«To‘g‘risi men juda katta taassurotlarga ega bo‘lyapman. Birinchisi, kursantlarning bilimli va xushmuomalaligi meni qoyil qoldirgan bo‘lsa, keyingisi mamlakatingizni ming yillik tarixga ega madaniyati qiziqishimni yanada oshirdi», – deydi Florida universiteti kursanti Julissa Rojas.
Ta’kidlash kerakki, AQSh qurolli kuchlari vakillari uch hafta davomida o‘zbekistonlik kursantlar bilan harbiy, madaniy tadbirlar, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘zaro tajriba almashishlari ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter