Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘oniston Islom Respublikasi bosh prokurori bilan uchrashuv

Afg‘oniston Islom Respublikasi bosh prokurori bilan uchrashuv

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Afg‘oniston islom Respublikasi Bosh prokurori Moxammad Farid Xamidi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi ta’kidlandi.

Suhbatdoshlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar. Xususan, Afg‘oniston prokuraturasi organlari xodimlarini O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Akademiyasida o‘qitish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. Ushbu hujjatning amalda tatbiq etilishi huquqiy sohada axborot va ilg‘or tajriba almashish orqali ikki tomonlama hamkorlikning rivojlanishini yangi bosqichga ko‘taradi.

Afg‘oniston delegatsiyasining tashrifi shakllangan sermahsul aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida janob Xamidi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring