Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolatli», «xalqparvar» va «mehnatkash» senatorlar nomi ma’lum bo‘ldi

«Adolatli», «xalqparvar» va «mehnatkash» senatorlar nomi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Oliy Majlis Senati Kengashining 2021-yil 1-fevraldagi qarori bilan, bir guruh senatorlarga maxsus maqomlar berildi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.

Jumladan, Senat a’zolarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha komissiyaning 2021-yil 2- yanvardagi tavsiyalarini ko‘rib chiqib, quyidagilarga maqom berildi:

Oral Aminovna Ataniyazovaga — «Adolatli senator»;
Mahmudjon Toirovga — «Xalqparvar senator»;
Farmon Is’hoqovich Toshevga — «Mehnatkash senator»;
Sayyora Rahmatovna Baratovaga — «Faxriy senator»;
Bahrom Mamajanovga — «Faxriy senator»;
Shukurjon Mamatqulovga — «Faxriy senator».

Ushbu maqomlarga sazovor bo‘lgan senat a’zolari hamda sobiq senatorlar sertifikat va belgilangan tartibda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring