Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Adolat» SDPga yangi rahbar saylandi

«Adolat» SDPga yangi rahbar saylandi

Ma’lumki, «Adolat» SDP rahbari Narimon Umarov Senat qo‘mitasi raisi sifatida ish boshlagandi. 

Bugun o‘tayotgan Partiya Siyosiy Kengashining navbatdan tashqari V plenumida N.Umarovni o‘z arizasiga muvofiq lavozimidan ozod etish xamda uning o‘rniga yangi rais nomzodini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilgan. 

Ushbu lavozimga Bahrom Abduhalimov nomzodi tasdiqlandi.

Bahrom Abduhalimov  O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha vitse-prezidenti (2017-yildan hozirgi vaqtgacha).

Tarix fanlari doktori.

Markaziy Osiyo tarixi va sharqshunoslik sohasidagi olim. 1959-yil 27-fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1981-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ni tamomlagan.

O‘zR FA Sharqshunoslik institutida kichik, katta ilmiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, direktor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.

60 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, shu jumladan 2 ta monografiya muallifi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring