Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adolat partiyasi YeOIIga kirishning salbiy va ijobiy tomonlarini ko‘rib chiqdi

Adolat partiyasi YeOIIga kirishning salbiy va ijobiy tomonlarini ko‘rib chiqdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi videokonferensiya tarzida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda onlayn tarzda deputatlar, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri maslahatchisi, Investitsiya va tashqi savdo va Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari ma’sul vakillari ishtirok etishdi.

Oliy Majlisga Murojaatnomada O‘zbekistonning YeOII bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalasi bo‘yicha qaror qabul qilishda eng avvalo xalqimizning manfaatlaridan kelib chiqib, ularning xohish-irodasiga tayanish lozimligiga alohida urg‘u berilgandi.

Ta’kidlanganidek, «Adolat» SDP fraksiyasi tomonidan maxsus ishchi guruhi tuzildi. Ular quyidagi yo‘nalishlarda tahlillar olib borishmoqda:

— YeOIIga a’zo bo‘lish mamlakat uchun nima manfaat berishi yoki qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi;
— qisqa, o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi milliy iqtisodiyotimiz rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini ittifoq bilan muosabtlardagi kesishmalari;
— YeOII bilan hamkorlikning O‘zbekistoning boshqa xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligiga ta’siri.

Yig‘ilishda «Adolat» SDP fraksiyasi maxsus ishchi guruhining dastlabki xulosalari tinglandi.

Deputatlar YeOIIga a’zo bo‘lish O‘zbekiston iqtisodiga nima berishiga e’tibor qaratishdi.

Birinchidan, a’zolik YeOII davlatlaridagi migrantlar masalasida ayrim ijobiy natijalarni keltirib chiqaradi (2,5 milliondan ortiq fuqarolarimiz migrant sifatida mehnat qilishmoqda). Ular ishlash va yashash hujjati bilan bog‘liq turli to‘lovlar uchun chet davlatlar hisobiga milliardlab dollar atrofida mablag‘ sarflamoqda. A’zolikdan so‘ng fuqarolarimiz ushbu davlatlarda patent olmasdan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar va pul jo‘natmalari hozirgi 4-5 mlrddan 7-8 mlrd AQSh dollariga yetishi kutilmoqda.

Ikkinchidan, a’zo davlatlar bilan energetika sohasidagi hamkorlik yaxshi natija beradi, chunki ular gaz qazib olish va uni qayta ishlashda dunyoda yetakchi hisoblanadi.

Uchinchidan, turizm sohasida ham katta imkoniyatlar ochiladi. Xalqaro yuk hamda passajir tashuvlari soddalashtiriladi.

To‘rtinchidan, O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi ortadi. Katta bozorga chiqish va o‘zining mahsulotlarini eksport qilish orqali ayrim tadbirkorlarimiz faoliyati yanada kengayadi.

Deputatlar a’zolik quyidagi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashdi.

Birinchidan, YeOIIga a’zo bo‘lish natijasida mamlakatimiz sanoati (avtomobilsozlik, oziq-ovqat, farmatsevtika va boshq) 2 mlrd. AQSh dollari atrofida yo‘qotishga uchraydi.

Ikkinchidan, YeOII davlatlari tashqi savdo siyosatini yetarlicha mustaqil muvofiqlashtirish imkoniyatiga ega emas.

Uchinchidan, deputatlar tomonidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi oldindan belgilangan qoidalar orqali boshqariladigan va nizolar kelishilgan qoidalarga ko‘ra hal eta oladigan tashkilotga hali aylanib ulugurmaganligi tanqidiy baholandi (tahlillarga ko‘ra, davlatlarning muhim manfaatlari to‘qnash kelganda ittifoq qoidalarini bir tomonlama buzilishi kuzatilmoqda).

To‘rtinchidan, YeOIIning eng asosiy a’zosi (Ittifoq iqtisodiy potensialining salkam 85 % tashkil etuvchi) Rossiya hozirgi kunda xalqaro sanksiyalar va bosim ostida. Bu uning iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, oxirgi 2 yilda rubl bir necha baravar qadrsizlangan. Ushbu mamlakat bilan bitta Ittifoq doirasida hamkorlikka kirishish kelgusida bizning iqtisodiyotimizga salbiy ta’siri mavjud.

Fraksiya yig‘ilishida deputatlar YeOIIga O‘zbekistonni a’zo bo‘lib kurishi natijasida vujudga keluvchi oqibatlarning dastlabki sarhisobiga tayangan holda hozircha faqat kuzatuvchi davlat sifatida kirishini maqullashdi. Shuningdek, Parlamentning Ishchi guruxi doirasida keng qamrovli tahlillar olib borish orqali ma’sul mutaxassislar bilan muhokamalar o‘tkazish, ularni muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etishga kelishib olindi.

«Adolat» SDP

Matbuot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring