Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov Xitoyning «CITIC» korporatsiyasi bilan 1 mlrd. dollarlik kelishuv imzoladi

Abdulla Aripov Xitoyning «CITIC» korporatsiyasi bilan 1 mlrd. dollarlik kelishuv imzoladi

Joriy yilning 27 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov «Dyaoyuytay» davlat rezidensiyasida «CITIC Group Corporation» korporatsiyasi direktorlar kengashi raisi bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va «CITIC» korporatsiyasi o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdi. Abdulla Aripov korporatsiya faoliyati davomida ko‘pgina davlatlar, xususan, O‘zbekistonda ham ishonchli va uzoq yillik hamkor nomini olganini ta’kidladi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, 1 mlrd.dollar kapitallik o‘zbek-xitoy investitsion fondini tashkil qilish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. Ushbu fond O‘zbekistonda turli manfaatli loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring