Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abdulla Aripov Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasini qabul qildi

Abdulla Aripov Qirg‘iziston hukumati delegatsiyasini qabul qildi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bugun, 26-avgust kuni Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Akram Madumarovni qabul qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda davlat chegaralarini delimitatsiya qilish, o‘tkazish punktlari samarali faoliyatini ta’minlash, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, ikki davlat Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda chegaraoldi hududlar rahbarlari (hokimlari) Kengashining navbatdagi majlislarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu kunlarda Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring