Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mestniy» va «boksyor» laqabli zo‘ravonlar jinoiy to‘dasi qo‘lga olindi

«Mestniy» va «boksyor» laqabli zo‘ravonlar jinoiy to‘dasi qo‘lga olindi

Foto: Viloyat IIB

Sirdaryoda tadbirkorga zo‘ravonlik qilgan yana bir jinoiy to‘da hibsga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Yaqinda Sirdaryo viloyatida yashovchi bir guruh jinoiy guruh a’zolari tomonidan tadbirkorlar va fuqarolarga zo‘ravonlik o‘tkazish orqali tovlamachilik va qo‘rqitish yo‘li bilan «ulush» undirib kelganlar qo‘lga olinganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Bugun ham aynan shu yo‘l bilan boyish ilinjida bo‘lgan yana bir jinoiy to‘da xarakatlariga chek qo‘yildi. 

O‘zbekiston Respublikasi IIV, DXX, Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyat Boshqarmasi xodimlariga kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat hududida faoliyat ko‘rsatuvchi bir necha xususiy klinika, apteka, issiqxona, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, tijorat do‘konlari va boshqa tarmoq savdo majmualarini o‘z ichiga olgan MChJ rahbari – xususiy tadbirkor D.Mning joriy yilning 5 fevral kuni yashash manzilidan onasi K.I.ni  to‘yxonaga olib borish maqsadida boshqaruvidagi «Malibu-2» avtomashinasida harakatlanib ketayotgan vaqtida uning oldidan notanish «Neksiya-2» rusumli avtomashina to‘sadi.

Mashinadan o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan va muqaddam bir necha marotaba sudlangan A. E. (taxallusi «mestniy») o‘zining 2 nafar niqoblangan sheriklari bilan D.M.ning bo‘yniga o‘tkir tig‘li pichoq tirab, ularga zudlik bilan 45.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni to‘lab berishini talab qilib, bu xaqda huquq tartibot idoralariga xabar qilgan taqdirda onasini guvohligida o‘ldirib ketishlari va hech narsadan qaytmasliklari xaqida taxdid qilib, bir necha kunga muhlat berishadi.

Shundan so‘ng A.E. o‘zi singari muqaddam bir necha marotaba sudlangan R.B. (taxallusi «boksyor») bilan birga jabrlanuvchi D.M.ning yashash manziliga borib, talab qilingan pullardan 17.000 AQSh dollarini zudlik bilan topib berishini yoki bo‘lmasa hozirda JIEMlarda jazoni o‘tab kelayotgan tanishlarini chiqartirishni yoxud noqonuniy giyohvand moddalari bilan muomala qilganligi uchun hozirda Sirdaryo viloyati IIB Tergov organlari ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishi bo‘yicha qamoqqa olingan R.B.ning qarindoshi K. B. ni har qanday yo‘llar bilan bo‘lsa-da jinoiy javobgarlikdan chiqarib berishni talab qilishib, o‘ldirish bilan taxdid qilgan.

Mazkur xolat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi IIV, DXX, Sirdaryo viloyati IIB hamda DXX Sirdaryo viloyat Boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, fuqarolar A.E. hamda R.B. lar jabrlanuvchi D.M.dan tovlamachilik yo‘li bilan talab qilingan pullardan bir qismini yani 10.000 AQSh dollari (kimyoviy ishlov berilgan)ni olgan vaqti daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda xolat yuzasidan Sirdaryo viloyat IIB Tergov Boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 165- moddasining tegishli qismlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyatchilar O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi asosida ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring