Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy Ukraina prezidenti bo‘lsa, Yuliya Timoshenko bosh vazir o‘rnini egallaydimi?

Zelenskiy Ukraina prezidenti bo‘lsa, Yuliya Timoshenko bosh vazir o‘rnini egallaydimi?

Foto: «Google.com»

Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy «Batkivshina» partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko bilan kelishib olgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Ammo Zelenskiyning shtabi bu xabarni rad etdi.

Ukraina matbuotida Zelenskiy prezident bo‘lgan taqdirda Yuliya Timoshenko bosh vazir etib tayinlanishi haqida ma’lumotlar berilgan edi. Unga ko‘ra Timoshenko saylovning ikkinchi qismida Zelenskiyni qo‘llashi va buning evaziga parlamentda koalitsiya tuzib, bosh vazirlik o‘rnini egallashi aytilgandi. Ammo bu xabarlar Zelenskiy shtabi tomonidan qat’iy inkor etildi. Hozircha Timoshenkoning shtabi hech qanday bayonot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidentligi uchun saylov 31 martda bo‘lib o‘tgan edi. Uning yakunlariga ko‘ra Vladimir Zelenskiy 30,35 foiz ovoz to‘plagan. Amaldagi prezident Petr Poroshenko uchun esa 16,02 foiz ovoz berildi va bu ikki nomzod saylovning ikkinchi turida o‘zaro kurash olib boradi.

Saylovning ikkinchi turi 21 aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring