Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zelenskiy prezidentlik qiyinligi va charchayotganini tan oldi

Zelenskiy prezidentlik qiyinligi va charchayotganini tan oldi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy prezidentlik lavozimidan charchayotganini aytgan.

Prezident ish kuni oxiriga borib charchoq va o‘ylovlardan hech bir ishni xohlamay qolishi haqida «noligan».

Zelenskiy bu haqda o‘z Facebook sahifasiga joylagan videorolikda gapirib o‘tgan.

«Judayam qiyin kasb, bor kuchni va vaqtni olib qo‘yadi» deya ta’kidlagan Ukraina yetakchisi.

Vladimir Zelenskiy shuningdek, og‘ir vazifalaridan uning oilasi aziyat chekayotganidan afsusda.

Aytishicha, ishdan uyga qaytgach charchoq shu darajada kuchliligidan hatto yaqinlari unga nima haqida gapirayotganini tushunmaydi.

Biroq, davlat rahbari taslim bo‘lish niyatidan yiroq va tinimsiz mehnat qilishda davom etmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring