Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yuventus» yarimhimoyachisi «Barselona»ga o‘tishi mumkin

«Yuventus» yarimhimoyachisi «Barselona»ga o‘tishi mumkin

Foto: «Globallookpress»

«Yuventus» yarimhimoyachisi 22 yoshli Rodrigo Bentankur yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar «Barselona»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda «La Gazzetta Dello Sport» xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, maydon markazida yaxshi o‘ynaydigan urugvaylikni «Barselona» 2018-yil oxirlaridan beri kuzatib kelyapti. Xabarga ko‘ra, muzokaralar qizg‘in pallaga kirgan va 60 mln. yevrolik bitim tuzilishi mumkin.

Bentankur 2017-yili «Yuventus»ga «Boka Xuniors»dan kelib qo‘shilgandi. O‘sha bitimga ko‘ra, argentinaliklar Bentankurning keyingi sotilishidan tushgan mablag‘ning teng yarmiga ega bo‘lishadi. Agarda Bentankur Barselonaga ko‘chib o‘tsa, «Boka» 30 mln. yevroli bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring