Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yusupov ishi». Sud nega yopiq shaklda o‘tmoqda?

«Yusupov ishi». Sud nega yopiq shaklda o‘tmoqda?

Kecha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati Said-Abdulaziz Yusupovga oid jinoyat ishi  yuzasidan sud jarayonida boshlangani haqida xabar tarqatdi.

O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlagan S. Yusupovning  shu yil may oyida hibsga olingani yaxshigina shov-shuvga sabab bo‘lgani ko‘plarning yodida bo‘lsa kerak. Hibsga olinganidan so‘ng  uning avvalroq tasvirga olingan bayonoti ijtimoiy tarmoqda tarqalishi ortidan shov-shuvlarlar battar kuchaydi. Bu hol tergov jarayonida  tingani yo‘q: goh uning  go‘yoki qiynoqqa solingan-solinmagani haqida axborotlar tarqalsa, goh qo‘shimcha ayblovlar e’lon qilingani xususida ma’lumotlar urchidi.

Mana, «Yusupov ishi» sudga chiqibdi. Ayblovlar ham ma’lum: 167-modda (o‘zganing ishonib topshirgan mulkini o‘zlashtirish), 168-modda (firibgarlik), 28,211-modda (pora berishga qasd qilish)... Bir qarashda ayblovlarda davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan ma’lumotlar ko‘rinmaydi.  Bunaqa ayblovlar bilan ozmuncha odam jazoga tortilmaganmi? 

Shunday ekan, savol tug‘ilishi tabiiy: sud nega yopiq tarzda o‘tmoqda? Oliy sud matbuot xizmati esa ko‘plarning tili uchida turgan mazkur savolga izoh bergani yo‘q.

Nega?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring