Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yusuf Nozik qilmishiga yarasha jazo oldi

Yusuf Nozik qilmishiga yarasha jazo oldi

Foto: «NTV»

Turkiya sudi Reyhanli shahrida 2013-yili sodir etilgan terakt bosh ayblanuvchisi Yusuf Nozikka 53 ta bir umrlik qamoq jazosini berdi. «NTV» telekanali xabariga ko‘ra, jazolar soni terakt qurbonlari sonidan kelib chiqib belgilangan.

Bir necha yillar Suriya hududida yashirinib yurgan Yusuf Nozikni turk maxsus xizmatlari o‘tgan yil sentyabr oyida Latakiyada  tutib olishgandi.

Reyhanlida 2013-yilning may oyida sodir etilgan teraktda 53 inson halok bo‘lgan, 155 kishi jarohatlangan. Surishtiruvlarda portlashda turk ekstremistlarining qo‘li borligi aniqlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring