Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurtimizga Moskvadan qorli ob-havo kirib kelishi mumkin

Yurtimizga Moskvadan qorli ob-havo kirib kelishi mumkin

Foto: Google.com

21-24 noyabrda O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa hududi markaziy rayonlari, xususan Moskva oblasti ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi. Bu haqda O‘zgirdromet xabar berib o‘tgan.

Natijada 21-24 noyabrda O‘zbekiston bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Yomg‘ir ayrim joylarda qorga aylanadi. 21 noyabrda shamolning tezligi kuchayib, sekundiga 15-20 metrga yetadi.

22-24 noyabrda respublika hududi bo‘yicha havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, ayrim joylarda 8 daraja sovuqqacha tushadi, kunduzi harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi. Mamlakatimiz shimolida 21-24 noyabrda havo harorati kechasi 10-15 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring