Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YPX inspektori haydovchiga dislokatsiya ko‘rsatmadi. Unga chora ko‘riladimi?

YPX inspektori haydovchiga dislokatsiya ko‘rsatmadi. Unga chora ko‘riladimi?

Joriy yilning 22 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Dislokatsiya yo‘q! YPX xodimlarigayam qiyin bo‘lib qoldi. Har doim ham dislokatsiya olib yurilmaydi hurmatli haydovchilar» sarlavhali videolavha tarqatildi.

Mazkur holat joriy yilning 11 fevral kuni Navoiy viloyati, Hatirchi tumani hududida sodir bo‘lgan. YPX inspektori B.Xamroyev «Lasetti» rusumli transport vositasini o‘rnatilgan tartibda to‘xtatgan. Haydovchi YPX inspektoridan biriktirilgan hududi bo‘yicha dislokatsiya ko‘chirmasini ko‘rsatishini so‘ragan. YPX inspektori haydovchiga dislokatsiya ko‘chirmasi yo‘qligini ma’lum qilgan va ko‘rsatmagan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy viloyati IIB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan ushbu boshqarma YPXO 1-safarbar guruxi YPX inspektori B.Xamroyevga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Xizmat tekshiruvi yakuniy xulosasiga ko‘ra albatta qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring