Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yoshlar ittifoqi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi

Yoshlar ittifoqi rahbariyatida jiddiy o‘zgarishlar bo‘ldi

Foto: Xabar.uz

Bugun O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining yig‘ilishida tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra:

Sattorov Xayrulla Fayzullayevich — Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi birinchi o‘rinbosari, «Yoshlar — kelajagimiz» jamg‘armasi ijro etuvchi direktori lavozimiga saylandi.

Avvalgi direktor Bunyodbek Bahrombekov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Xolmurodov Botir Burxoniddinovich — Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, moliya-iqtisod kompleksi rahbari etib saylandi.

Avvalgi o‘rinbosar Suhrobjon Maqsudov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Omonov Farrux Farxodjonovich — Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari etib saylandi.

Avval ushbu lavozim vakant edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring