Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yosh tadbirkorlar» forumidan — Milliy bank 1361 nafar yosh tadbirkorga kredit ajratdi

«Yosh tadbirkorlar» forumidan — Milliy bank 1361 nafar yosh tadbirkorga kredit ajratdi

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida «Yosh tadbirkorlar» forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu forumda «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi doirasida imtiyozli kredit olib, ish boshlagan yoshlar o‘z mahsulotlarini namoyish qildi.

O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki ko‘magida tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yoshlar ham ushbu forumda faol ishtirok etdi. 2018 yil 10 avgustda O‘zmilliybank bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi qoshida tuzilgan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg‘armasi o‘rtasida 1-03-sonli Bosh kelishuv imzolangan edi. Bu kelishuv ko‘plab yoshlarga o‘z ishini boshlash uchun qulay imkoniyat yaratib berdi.

Kelishuvga asosan yosh tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish uchun jamg‘arma tomonidan bankka 272,6 mlrd. so‘m miqdorida resurs mablag‘lari ajratildi. Ushbu mablag‘lar hisobidan 2018-2019 yillar davomida 1 361 nafar yoshlar tadbirkorligi loyihalarini moliyalashtirish uchun 270,5 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

O‘zmilliybank yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring