Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yosh shaxmatchilarimizga «Spark» sovg‘a qilindi (foto)

Yosh shaxmatchilarimizga «Spark» sovg‘a qilindi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Turkiyada dunyoning 39 mamlakatidan 46 jamoa ishtirok etgan Jahon o‘smirlar olimpiadasida yosh shaxmatchilarimiz Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Ukraina, Vengriya, Polsha va Moldova kabi mamlakatlarning kuchli terma jamoalarini mag‘lubiyatga uchratib, g‘olibga aylangani haqida xabar bergandik.

Bugun, 6 dekabr kuni o‘zbek shaxmat maktabi dovrug‘ini dunyoga tanitayotgan yosh aql-idrok egalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Marosimda xalqaro grossmeyster murabbiy Saidali Yo‘ldoshev rahbarligida Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Sitora Saparovaning Jahon o‘smirlar olimpiadasidagi yutug‘i yana bir bor e’tirof etildi.

E’tiborlisi, Nodirbek Yoqubboyev (9 imkoniyatdan 8 ochko) va Shamsiddin Vohidov (8 imkoniyatdan 7,5 ochko) shaxsiy natijalarga ko‘ra ham oltin medalga sazovor bo‘ldilar.

Tantanali tadbirda Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yoqubboyev, Shamsiddin Vohidovlarga Prezident sovg‘asi — «Spark» avtomashinasi topshirildi.

Ma’lumot uchun, terma jamoamizning yana bir a’zosi, 12 yoshli Javohir Sindarov oktyabr oyida xalqaro grossmeyster unvoniga sazovor bo‘lgani uchun Shavkat Mirziyoyev tomonidan 3 xonali uy bilan taqdirlangandi.

Murabbiy Saydali Yo‘ldoshevga esa Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan 15 000 000 so‘m miqdoridagi mukofot puli taqdim etildi.

Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»
Foto: «Xabar.uz»

Marosimda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov olimpiada chempioni bilan blits o‘yin o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring