Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yosh kelinchakning zo‘rlanishi bo‘yicha holat qat’iy nazoratga olindi

Yosh kelinchakning zo‘rlanishi bo‘yicha holat qat’iy nazoratga olindi

Foto: «Nk-online.ru», illyustrativ foto

Andijon viloyati Andijon tumani «Qoraqalpoq» MFY hududidagi Zaripak ko‘chasida joylashgan dala shiyponida besh nafar erkak 18 yoshli kelinni zo‘rlagani va jabrlanuvchi qonunbuzarlarga nisbatan chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgani haqidagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.

5 oylik kelinchakni zo‘rlashda gumon qilinayotganlarning shaxsiga aniqlik kiritilgani haqida xabar berdik.

Mazkur holat yuzasidan Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, 2021-yil 17-may kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan tartibda qo‘mitaga dastlabki ma’lumotlar taqdim etildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Andijon viloyati IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring