Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘qolib qolgan 5-sinf o‘quvchisi yarim tunda bekatdan topildi

Yo‘qolib qolgan 5-sinf o‘quvchisi yarim tunda bekatdan topildi

Foto: «Sputnik»

2018-yil 1-dekabr kuni soat 22:00 da Toshkent shahar IIBB navbatchilik qismiga 11 yoshli Saidmansur S. ismli bola yo‘qolganligi haqida ariza kelib tushgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Tekshiruv davomida ma’lum bo‘lishicha, 1 dekabr kuni soat 9.00 da Saidmansur Olmazor tumanida joylashgan uyidan chiqib, noma’lum yo‘nalishda ketgan. Soat 17.00 da onasiga Yunusbod tumanida yashovchi buvisining uyidan qo‘ng‘iroq qilgan. Shundan so‘ng buvisining uyidan chiqib, bedarak yo‘qolgan.

IIBB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida, Saidmansur soat 00.10 da Yashnobod tumanidagi avtobus bekatida topilib, ota-onasiga topshirish uchun Yashnobod tumani 3-son IIO FMBga yetkazildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring