Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yong‘in chiqqan yuk avtomobili tirkamasidan boshi bilan yiqilgan fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi

Yong‘in chiqqan yuk avtomobili tirkamasidan boshi bilan yiqilgan fuqaro voqea joyida halok bo‘ldi

Foto: FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

2019-yilning 10-iyul kuni soat 06:51 da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani «Shakarteri» MFY, Shovkan qishlog‘idan o‘tuvchi yo‘ldan harakatlanib ketayotgan «KAMAZ» rusumli yuk avtomobili tirkamasida somon yonayotganligi haqida tuman YoXB dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan.

FVV YXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berishicha, voqea joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi yuborilgan. Bo‘linmalarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan va yong‘indan yuk avtomobili hamda unga ortilgan 400 dona somon g‘arami (press) asrab qolingan.

Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib kelguniga qadar yong‘inni o‘chirishga uringan ikki yo‘lovchilardan biri — fuqaro Sh.E. kuyish tan jarohati olgan va u shifoxonaga yuborilgan, ikkinchi fuqaro N.Z. esa tirkamadan bosh qismi bilan yerga yiqilib, voqea joyida halok bo‘lgan.

Yong‘inning taxminiy kelib chiqishiga yuk avtomobili va tirkamasiga ortilgan somon presslarining ustki qismi elektr sim yog‘ochning simlariga tegishidan hosil bo‘lgan qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Yong‘in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring