Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yo‘lga ag‘darilgan «Damas»ga «Isuzu» kelib urildi. Qurbonlar bor

Yo‘lga ag‘darilgan «Damas»ga «Isuzu» kelib urildi. Qurbonlar bor

Kecha, 29-avgust kuni soat 17:30larda Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani «Navro‘z» MFYda yashagan 52 yoshli A.A. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashinasini «Tegirmon» MFY hududidan o‘tuvchi «Uchqo‘rg‘on-Xaqulobod» yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lning qarama-qarshi tomoniga ag‘darilgan.

Bu vaqtda shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Andijon viloyatida yashovchi 24 yoshli S.M. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomashinasi unga kelib urilgan.

Natijada «Damas» avtomashinasi haydovchisi A.A. jarohat olib voqea joyida, uning ikki nafar yo‘lovchilari esa kasalxonaga olib kelinganida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring