Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yil boshidan beri qancha kishida koronavirus aniqlandi?

Yil boshidan beri qancha kishida koronavirus aniqlandi?

Bir yildan ortiq vaqtdan beri koronavirus yurtdoshlarimiz salomatligiga xavf solib kelmoqda. 2021-yilning 1-yanvaridan iyun oyining birinchi o‘n kunligiga qadar bo‘lgan besh oydan oshiq vaqt mobaynida necha kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi?

SSV matbuot xizmati statistikasiga ko‘ra, 2021-yilning 1-yanvarigacha 77 182 nafar fuqaro koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa, 2021-yil 10-iyun holatiga ko‘ra, 102 892 nafar bemorda koronavirus aniqlanganini ko‘rish mumkin. O‘tgan besh oydan oshiq vaqt mobaynida 25 710 nafar fuqaro kasallikka chalingan.

Hududlar kesimida yil boshidan beri kasallanganlar ko‘rsatkichi quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 413 nafar,
  • Andijon viloyatida 522 nafar,
  • Buxoro viloyatida 431 nafar,
  • Jizzax viloyatida 436 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 339 nafar,
  • Navoiy viloyatida 189 nafar,
  • Namangan viloyatida 411 nafar,
  • Samarqand viloyatida 2735 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 344 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 282 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 537 nafar,
  • Xorazm viloyatida 485 nafar,
  • Toshkent viloyatida 3819 nafar,
  • Toshkent shahrida 14 767 nafar nafar yurtdoshimizda koronavirus tasdiqlangan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring