Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YHX xodimi to‘pponchadan o‘q uzdi. IIBB ushbu holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

YHX xodimi to‘pponchadan o‘q uzdi. IIBB ushbu holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

Foto: IIBB

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda YHX xodimi to‘pponchadan o‘q uzgani tasvirlangan video tarqab ketgan edi. Videolavhada tasvirlanishicha, YHX xodimi avtomobillar yo‘lini to‘sib turgan va to‘satdan to‘pponchasini chiqarib, uni o‘qlagan.

Shu asnoda to‘satdan to‘pponcha otilib ketadi. Atrofdagilar va ichki ishlar organlari xodimining baxtiga bu vaqtda to‘pponcha yerga qaratilgan edi. IIBB bu borada quyidagicha izoh berdi.

«Ushbu hodisa bo‘yicha kecha, 7-avgustda IIBB informatsion resurslarida xabar berilgan edi.

Ta’kidlab o‘tish lozim, O‘zbekiston Respublikasining «Ichki ishlar organlari haqidagi» Qonunida ichki ishlar organlari xodimlari o‘qotar quroldan foydalanishi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qonunning 24-moddasida («O‘qotar quroldan foydalanish») aytilganki, transport vositasi haydovchisi fuqarolar hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘dirayotgan hamda ichki ishlar organlari xodimining to‘xtash to‘g‘risidagi qonuniy talabiga bo‘ysunmayotgan bo‘lsa, ichki ishlar organlari xodimi o‘qotar qurol yordamida transport vositasiga shikast yetkazib, to‘xtatish huquqiga ega.

Shu bilan birga ma’lum qilamizki, to‘pponchadan to‘satdan o‘q otilgani sababi, shu jumladan, qurolning nosoz bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring