Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaxshiyam KXDR bor. O‘zbekiston MTJ yirik hisobda g‘alaba qozondi

Yaxshiyam KXDR bor. O‘zbekiston MTJ yirik hisobda g‘alaba qozondi

Foto: Tribuna.uz

Poytaxtimizdagi «Milliy» stadionda O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini yakuniga yetdi.

Shimoliy Koreya terma jamoasi oxirgi vaqtlarda terma jamoamiz uchun qulay raqibga aylangan. Bu Ektor Kuper jamoasiga nihoyat g‘alaba qozonishiga imkon berdi. Uchrashuv vakillarimizning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Gollarga Odil Ahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Igor Sergeyev, Doston Tursunov mualliflik qilishdi. 

O‘zbekiston – KXDR 4:0 

Gollar: Odil Ahmedov (28 pen.), Temurxo‘ja Abduxoliqov (65), Igor Sergeyev (68), Doston Tursunov (90+2)

O‘zbekiston: 12.Sanjar Quvvatov, 2.Xojiakbar Alijonov (6.Davronbek Hoshimov, 46), 3.Doston Tursunov, 4.Akrom Komilov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Ikrom Aliboyev (19.Oston O‘runov, 66), 9.Odil Ahmedov (21.Sardor Mirzayev, 84), 10.Jaloliddin Masharipov (17.Quvondiq Ro‘ziyev, 84), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (15.Igor Sergeyev, 66), 22.Doston Ibragimov (23.Xurshid G‘iyosov, 74)

KXDR: 18.Sin Xyok, 3.Jang Kuk Chol, 6.Ri Tong Il, 7.Choye Ju Song, 8.Xan Tae Xyok, 9.Kim Yong Il, 13.Sim Xyon Jin (14.Xong Jin Song, 62), 15.Ri Un Chol, 17.Ri Chang Xo, 19.Rim Kvang Xyok (12.Song Jong Xyok, 80), 23.Ri Yong Chol

Ogohlantirishlar: Ri Chang Xo 26, Choye Ju Song 41, Ri Un Chol 45.

Endi 11-iyun kuni terma jamoamiz Suriyaga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring