Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yaponiyada vazir atom energiyasidan voz kechishni taklif qildi

Yaponiyada vazir atom energiyasidan voz kechishni taklif qildi

Foto: «Steelguru.com»

Atrof-muhitning yangi vaziri Sindziro Koidzumi atom elektrostansiya bilan bog‘liq halokatlarning oldini olish maqsadida Yaponiyada atom energiyasidan foydalanishdan voz kechishni taklif qilmoqda, deya xabar beradi «REGNUM».

Koidzumi Yaponiyaga AESdan foydalanishdan bosh tortish hamda 2011-yili Fukusimadagi halokatga o‘xshash baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yadro reaktorlarini to‘xtatish taklifini kiritdi.

«Atom elektrostansiyalarini shunchaki to‘xtatib qo‘ymasdan, demontaj qilishni o‘rganishni xohlardim», — deydi u.

«REGNUM»ning xabar berishicha, 10-sentyabr kuni Yaponiya atrof-muhit vaziri «Japan’s Tokyo Electric Power» kompaniyasi Fukusima radioaktiv suvini Tinch okeaniga oqizishi, negaki uni saqlashga joyi yo‘qligini aytgandi. Ta’kidlanishicha, bu vaqtga kelib kompaniya bir million tonna iflos suv to‘plagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring