Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada deputat erkaklar «homiladorlik»ni o‘zlarida sinab ko‘rishyapti (video)

Yaponiyada deputat erkaklar «homiladorlik»ni o‘zlarida sinab ko‘rishyapti (video)

Foto: «Vice.com»

Yaponiyada deputat erkaklar homilador ayollarning kechinmalarini tushunishga yordam beradigan ijtimoiy eksperimentda qatnashishga qaror qilishdi. Mamlakatdagi hukmron Liberal-demokratik partiyaning uch nafar vakili ikki kun davomida yetti kilolik soxta qorinni taqib yurishadi, deya xabar bermoqda OAV.

Tajriba deputat Takako Suzuki tomonidan taklif qilingan. Uning fikriga ko‘ra, qonunchilar «homilador ayollar duch keladigan ba’zi qiyinchiliklarni» boshdan kechirib, «xavfsizroq jamiyatni yaratishga» yordam berishadi.

Deputatlar maxsus nimchalarda ishga, do‘konga borishlari, uxlashlari va uy yumushlarini bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Faqat hukumatning yalpi majlislari vaqtida nimchani yechishlari mumkin. Sinov kecha boshlandi, ammo erkaklar homilador ayollar duch keladigan qiyinchiliklarni allaqachon tushunib yetishganini aytishmoqda. Tajriba ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, qorin ko‘plab harakatlarni cheklamoqda — yurishga, burilishga va egilishga xalaqit beradi.

Shu bilan birga, Twitter foydalanuvchilari ta’kidlashicha, deputatlar, hatto, nimchalarda ham homiladorlikning barcha nyuanslari, masalan, qorin og‘rig‘i, bosh aylanishi, toksikoz va boshqa noxush alomatlarni to‘liq his qilmaydilar. Ammo, shunga qaramay, foydalanuvchilar ushbu tajriba o‘z samarasini berishidan umid qilishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring