Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya yangi imperatori qaysi davlat rahbarini birinchi qabul qiladi?

Yaponiya yangi imperatori qaysi davlat rahbarini birinchi qabul qiladi?

AQSh prezidenti Donald Tramp 25—28-may kunlari Yaponiyaga rasmiy tashrif buyuradi va «Kunchiqar yurt»ning yangi imperatori Naruxito qabul qilgan ilk xorijiy mehmon bo‘ladi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tramp «yangi Yaponiya»ga — otasi Akixito o‘rniga 1-maydan Naruxito imperatorligi boshlanuvchi «Reyva» davrida qadam qo‘yadi.

AQSh rahbari tashrif davomida Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe bilan muzokaralar o‘tkazadi, sumo janglarini tomosha qilib, yaponlarning «Idzumo» esminetslari bilan tanishadi.

Yaponiya yangi imperatori martabali mehmon sharafiga ziyofat berishi rejalashtirilgan.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring