Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya bankining O‘zbekistondagi loyihalari portfeli kengaytiriladi

Yaponiya bankining O‘zbekistondagi loyihalari portfeli kengaytiriladi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Yaponiyaga tashrifi doirasida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: «Mitc.uz»

Uchrashuvda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va axborot texnologiyalari sohasida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning istiqbollari muhokama qilingan.

Muhokamada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari va boshqa sohalardagi yirik loyihalarda yapon investorlarining ishtirok etishi, ularning O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasida ham so‘z borgan.

Shuningdek, o‘zaro amalga oshirilayotgan loyihalarning holati bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilinib, JBICning O‘zbekistondagi loyihalari portfelini yanada kengaytirish yo‘llari ishlab chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring