Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiya aholisi bepul vaksinatsiya qilinadi

Yaponiya aholisi bepul vaksinatsiya qilinadi

Foto: CGTN

Yaponiya parlamentining yuqori palatasi amaldagi qonunga o‘zgartirishlar kiritilishini bir ovozdan tasdiqladi, unga ko‘ra, mamlakatning jami aholisi COVID-19ga qarshi bepul vaksina olish huquqiga ega bo‘ldi. Bu haqda Yaponiya vazirlar mahkamasi bosh kotibi Katsunobu Katoga asoslanib «Kyodo» agentligi xabar berdi.

Yaponiya aholisi — 126,5 million kishi. 

Katoning bildirishicha, hukumatga kelgusi yilning o‘rtalariga qadar jami aholiga yetadigan miqdorda vaksinalar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Vaksina uchun barcha xarajatlarni hukumat o‘z zimmasiga olmoqda. Vaksina nojo‘ya ta’sir ko‘rsatganda tovon pulini to‘lashga ham hukumat mas’ul.

Yaponiya hukumati vaksina keltirish uchun «AstraZeneca» (Britaniya-Shvetsiya) kompaniyasi, AQShning «Pfizer» hamda «Moderna» kompaniyalari bilan shartnomalar imzolagan. Yaponiyaning o‘zida ham bir necha xil vaksina ustida izlanishlar davom ettirilyapti.

Yuqoridagi kompaniyalarning vaksinalari qancha turishi ushbu infografikada ko‘rsatilgan. 

Ma’lumot uchun: Yaponiyada shu kungacha koronavirusga chalinishlar soni 151,7 ming nafarga, kasallikdan vafot etganlar soni 2 206 kishiga yetgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring