Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangibozorda beshta yangi qo‘shma korxona tashkil etildi

Yangibozorda beshta yangi qo‘shma korxona tashkil etildi

Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida iqtisodiyot, madaniyat va adabiyot qishloq xo‘jaligi sohasida tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda tuman Axborot xizmati «Xabar.uz»ga xabar berdi.

Aytilishicha, tumanda joriy yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Turkmaniston, Turkiya, Qozog‘iston, Eron davlatlari bilan beshta qo‘shma korxona tashkil qilindi. “Obod markaz” davlat dasturi doirasida 2019 yilda 3 ta mahallada aholi turmush tarzini yaxshilash, mahallalarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ijtimoiy soha ob’yektlarini ta’mirlash, bozor infratuzilma ob’yektlarini qurish, ko‘chalarni ta’mirlash, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, piyodalar yo‘lakchasi qurish, elektr, gaz, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini tozolash hamda rekonstruksiya qilish, jamoat transportini yaxshilash va bekatlar qurish ishlarini amalga oshirish maqsadida 27 milliard so‘mlik budjet va homiylik mablag‘lari hisob-kitob qilingan.

Aholi turmush tarzini yaxshilash maqsadida, “Obod qishloq” davlatdasturini 2019 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, qarorga asosan joriy yilda tumanda ikkita “Qoratepa”, “Cho‘bolonchi”, “Yuqoriboshqir”, “Navbahor”va “Qadriyat” mahallalari,“Obod markaz” dasturi doirasida “Navro‘z”, “Yangiyop” va “Do‘stlik” mahallalarida qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

“Navro‘z” mahallasida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida, uy-joyga muxtoj kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan aholiga davlat-xususiy sherikchilik asosida 200 kv.metr hajmli 30 ta namunaviy tipdagi arzon uy-joylar qurilish ishlari deyarli yakunlandi. Uy egalari “Xorazm baraka chevarlari” MJCh tomonidan yangidan barpo etilayotgan 100 ta o‘ringa mo‘ljallangan tikuvchilik majmuasiga hamda qurilish tashkilotlariga ishga joylashtirilib, oylik ish haqi hisobidan to‘lovlarni amalga oshirishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Markaziy “Jaloliddin Manuberdi” ko‘chasida (1,9 km) aholi uchun barcha qulayliklarga ega, ko‘ngilochar va dam olish maskanlari shu ko‘chada Davlat xizmatlari agentligi, 24 ta xonadonga ega 2 ta ko‘p qavatli uy, bir nechta ko‘ngil ochar markaz va “IQ” kutubxonalari qurilish ishlari davom qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring