Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yangi vazirlik boshqaruviga Rahmat Mamatov nomzodi ma’qullandi

Yangi vazirlik boshqaruviga Rahmat Mamatov nomzodi ma’qullandi

Foto: «Xalq so‘zi»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, deputatlar ushbu yangi vazirlik rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri — Hukumat a’zoligiga tayinlanayotgan nomzodni ko‘rib chiqishdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga ayni paytda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rahmat Mamatovning nomzodi ko‘rsatilgandi.

«Xalq so‘zi» nashri xabariga ko‘ra, yakunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Rahmat Mamatovni O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga ma’qullash haqidagi qarori qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring