Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yangi O‘zbekiston»ning birinchi soni chiqdi

«Yangi O‘zbekiston»ning birinchi soni chiqdi

Vazirlar Mahkamasi muassisligidagi «Yangi O‘zbekiston» gazetasining birinchi soni chiqdi. Gazetaning ilk sonidan mamlakat prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi matni va nashr jamoasiga yo‘llagan tabrigi joy olgan. Shuningdek, o‘quvchilar davlatimiz rahbarining  «O‘zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bilan tanishishi mumkin. Bundan tashqari Nargiza Umarovaning «O‘zbekistonga shashti baland yoshlar kerak, taniqli shoir Eshqobil Shukurning «Ona tilimizning abadiyati nima bilan kaoflatlanadi?»,  xassos  olim, tarjimon va adib Ibrohim G‘afurovning «Yuksalish zamini», jurnalsit Bekqul Egamqulovning «Tarjima markazlari ochilsa...» kabi maqolalari ham e’lon qilingan.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tashkil etilgan gazeta 25700 nusxada chop etilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring