Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yana bir dahshatli YTHda yosh haydovchi vafot etdi

Yana bir dahshatli YTHda yosh haydovchi vafot etdi

Kecha Toshkent shahrida yana bir dahshatli yo‘l-transport halokati ro‘y berdi. 26 oktyabr tungi soat 22.45da kichik halqa avtomobil yo‘lida yuz bergan fojeada 19 yoshli Behruz K. vafot etdi.

Uning boshqaruvidagi Neksiya avtomobili beton simyog‘ochga katta tezlikda borib urilgan. Haydovchi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazib borilgan, ammo shifokorlar yordamiga qaramay hayotdan ko‘z yumgan.

Neksiya avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchilar — 19 yoshli Diyor K., Javohir Z. va Muhammadaziz A. turli darajadagi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazib borilgan. Ayni vaqtda ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

YTH sababi: haydovchi tezlikni juda oshirib yuborgan va oqibatda boshqaruvni yo‘qotib, beton simyog‘ochga katta tezlikda borib urilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring