Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy klinikalarga koronavirusga chalinganlarni davolashga ruxsat berildi

Xususiy klinikalarga koronavirusga chalinganlarni davolashga ruxsat berildi

«O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4649-son, 26.03.2020 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Xususiy axborot» kanali xabar bergan.

Qarorga muvofiq, nodavlat tibbiyot tashkilotlariga koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga, istisno tariqasida, 2020 yil 1 sentyabrga qadar tibbiy xizmat ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish faqat Sog‘liqni saqlash vazirligi va nodavlat tibbiyot tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga ko‘ra amalga oshiriladi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, istisno tariqasida, tanlov (tender) o‘tkazmasdan aniqlanadi.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlarining koronavirus bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlari Inqirozga qarshi kurash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, zaruratga ko‘ra, nodavlat tibbiyot tashkilotlari bilan kelishgan holda ularning laborator-diagnostika xizmatlaridan foydalaniladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring