Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xovosda havasga loyiq ish amalga oshirildi

Xovosda havasga loyiq ish amalga oshirildi

2018-yil 13-aprelda davlatimiz rahbarining Sirdaryo viloyati faollari bilan uchrashuvida qo‘shni Tojikiston bilan chegaradosh Xovos tumanidagi «Chambil», «Farhod» va «Bobur» suv iste’molchilari uyushmalari hududida oqava suv ta’minotidagi muammolar bo‘yicha murojaat tushgandi. Uzoq yillar davomida suvsizlikdan qiynalib kelayotgan fuqarolar uchun bu ko‘p yillardan beri ushalmas orzu edi go‘yo.

Ushbu murojaatdan so‘ng Prezidentimiz darhol mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa va muddatlar belgilab, ijrosi nazoratini Sirdaryo  viloyat prokuraturasiga yuklagandi.

O‘tgan yil bahor oylarida boshlangan kanal qurilishida o‘ndan ortiq maxsus texnika va mingdan ortiq ishchilar qatnashdi. Loyiha qiymati 23 milliard so‘mga teng bo‘lgan inshootning barpo etilishi  bilan  soniyasiga 2.2 metr kub suv o‘tkazish quvvatiga ega bo‘lgan zamonaviy nasos stansiyasi ham qurib bitkazildi.

Uzunligi 11 kilometrni tashkil etadigan mazkur kanal qurilishida 5 126 metr kub beton ishlari bajarildi. Mazkur inshoot ishga tushirilishi bilan tumanning «Chambil», «Farhod» va «Bobur» suv iste’molchilari uyushmalari hududidagi 4 ming gektar yer hamda 3 yarim mingta aholi xonadonlari ekin maydonlari va tomorqa xo‘jaliklaridagi suv ta’minoti yaxshilandi.

Sirdaryoliklar hayotidagi bu tarixiy voqea – kanal qurilishi insonlar hayoti farovonligi yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Sirdaryo viloyat prokuraturasi

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring