Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijda ishlaganlik davri mehnat stajiga qo‘shiladi, ammo...

Xorijda ishlaganlik davri mehnat stajiga qo‘shiladi, ammo...

Foto:«Akchabar.kg»

Xorijda ishlaganlik ham mehnat stajiga kiritiladi. Bu haqda 2019-yilning 21-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Tashqi ishlar vazirliklari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tgan tadbirda ma’lumot berildi. Tadbir chet elga ishlash yoki o‘qishga ketayotgan migrant fuqarolar uchun tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.

Adliya vazirligining ta’kidlashicha, chet elda ishlagan shaxs Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga eng kam ish haqining to‘rt yarim baravari miqdorida yillik sug‘urta to‘lovini to‘lab borsa, to‘lovlar amalga oshirilgan davrlar mehnat stajiga qo‘shiladi. Demak, xorijda ishlab ham kerakli stajni to‘plash mumkin ekan.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan xorijda ishlash yoki o‘qish uchun yo‘lga chiqqan fuqarolarga vazirliklarning mas’ul xodimlari tomonidan ularning huquqlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, chet elga ishlash uchun ketish tartibi, migrantlarni huquqiy himoya qilish asoslari, hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, ularga beriladigan imtiyozlar barobarida, chet elga chiqishda taqiq qo‘yilgan holatlar, davlat chegarasini kesib o‘tish tartib-taomillari singari masalalar bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Shu bilan birga, axborot asrida ma’lumotlarni olish va tegishli xulosa chiqarishda ishonchli manbalarga tayanib ish ko‘rish muhim ekanligi, bu borada Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» telegram kanali orqali migrantlar huquqlariga oid ko‘plab huquqiy ma’lumotlar berib borilayotganligi, shuningdek, bu boradagi qonunchilikdagi yangiliklar muntazam joylashtirilayotganligi, qolaversa, «Advice.uz» huquqiy axborot portalida fuqarolarga, jumladan, migrantlar uchun alohida huquqiy ma’lumotlar bo‘limi mavjudligi, mazkur portal orqali onlayn tarzda savollarga javob olishlari mumkinligi hamda tushunchalar berildi.


 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring